AsosiyDunyo

Ismi sir qolishini istagan inson kambag`al vatandoshlarining qarzini to`lab berdi

'Ismi sir qolishini istagan inson kambag`al vatandoshlarining qarzini to`lab berdi'ning rasmi

Turkiyaning Diyorbakir tumanida himmatli sirli shaxs tumanning barcha aholisining mahalliy oziq-ovqat do`konidagi qarzlarini to`ladi. Bu haqda NTV Turkiya manbasiga tayanib Sof.uz xabar berdi.

Xabar qilinishicha, noma`lum shaxs do`konga kelib, sotuvchiga barcha mahalliy aholining qarz daftarchasiga yozilgan  qarzlarini to`lamoqchi ekanini aytadi.

U 12,5 ming turk lirasini (2 ming dollardan ziyod) to`lagan. So`ngra qarzlar yozilgan sahifasi yirtib olib, yoqib yuborgan.

Sotuvchining so`zlariga ko`ra, ko`pchilik ular endi qarzdor emasliklariga darhol ishonishmagan.

Boshqa yangiliklar