16 fevral. Xitoydagi yangi koronavirus qurbonlari soni 1665 kishini tashkil etmoqda. Tuzalganlar,9,419 kishi, avj olganidan buyon yuqtirganlar soni 68 mingdan oshdi.
Bu haqda yakshanba kuni Xitoyning Gigiena va sog`liqni saqlash davlat qo`mitasi ma`lum qildi.
So`nggi rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda 158 mingdan ortiq odam kasallanganlar bilan yaqin aloqada bo`lganligi tufayli hozirda shifokorlar nazorati ostida. Tibbiy muassasalarda 11,2 mingdan ortiq bemor og`ir ahvolda. Xitoyda, shuningdek, 8,2 mingdan oshiq odam karantinda.






