AsosiyJamiyat

Vengriyalik vazir yurtimizga tashrifi davomida kimlar bilan muzokaralar olib boradi

'Vengriyalik vazir yurtimizga tashrifi davomida kimlar bilan muzokaralar olib boradi'ning rasmi

18-fevral kuni Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Tashrif dasturidan Tashqi ishlar, Energetika, Investisiyalar va tashqi savdo vazirliklarida va boshqa idoralarda ikki tomonlama muzokaralar o`tkazish o`rin olgan.

Vengriya delegasiyasi Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning 5-yig`ilishi va O`zbekiston-Vengriya biznes-forumida ham ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar