Fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`z tumanlararo sudining 04.10.2004 yil kungi sud buyrug`iga asosan, Shahrixon tumanining Qum mahallasida yashovchi qarzdor A.P.dan undiruvchi M.B. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirilishi belgilangan. Biroq, fuqaro A.P. o`z farzandi uchun aliment pullarini to`lamasdan Rossiya Federasiyasiga ketib yuborgan. Shu sababli, Majburiy ijro byurosi Shahrixon tumani bo`limi tomonidan qarzdor A.P.ga nisbatan 2015 yil 26 oktyabr kunidan qidiruv e`lon qilingan.
Besh yildan ortiqroq muddatda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor A.P. Rossiya Federasiyasidan kelganligi aniklanib, 07.01.2020 yil kuni Andijon shahar hududidagi ukasining uyidan topildi hamda alimentdan bo`lgan 24 mln 70 ming so`m qarzdorligi to`liq undirildi.






