2020 yilning 5 fevral kuni Angor tumanida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament viloyat boshqarmasi, Angor tuman bo`limi, Angor tuman Ichki ishlar bo`limi, Angor tuman Davlat xavfsizlik xizmati va Angor tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida, olingan tezkor ma`lumotlarga asosan, tezkor tadbir o`tkazildi.
Mazkur o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shaharida yashovchi U.M. ismli ayolning qaramog`idagi voyaga etmagan o`g`li, 2012 yilda tug`ilgan M.M.ni fuqaro O.B. ismli ayolga Angor tumanidagi oshxonalarning birida 2.000.000 (ikki million) so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Holat yuzasidan, 13 fevral kuni U.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deya ma`lum qildi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.






