Professional boksning super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo`ziev (5-0, 4 KO) o`zining navbatdagi g`alabasini qo`lga kiritdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar berdi.
Kaliforniyaning Anahaym shahrida kechgan boks oqshomida unga Oskar Kortes (27-5, 14 KO) raqiblik qildi. 10 raundga mo`ljallangan jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Avvaliga Bektemirning o`ng qo`l zarbasidan raqib erga qulagan bo`lsada o`zida kuch topib, jangni davom ettira oldi. Ammo raund tugashiga 55 soniya qolganida Meliqo`zievning endi chap qo`lda raqibning jigar qismiga bergan zarbasian so`ng Kortes o`rnidan tura olmadi va hakam nokautni qayd etdi. Shu tariqa Bektemir o`zining beshinchi jangida ham g`alaba qozondi.
Eslatib o`tamiz, Bektemir avvaliga Marko Antonio Peribanga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Periban jangga bir kun qolganida kerakli vaznga tushish uchun ortiqcha urinib yuborgan va taroziga chiqishdan oldin o`zini yomon his qilib, shifoxonaga tushib qolgan va raqib tezda o`zgarishiga to`g`ri kelgandi.






