AsosiyJamiyat

Zoir Mirzaevning Xalq qabulxonasidagi qabuli boshqa kunga ko`chirildi

'Zoir Mirzaevning Xalq qabulxonasidagi qabuli boshqa kunga ko`chirildi'ning rasmi

Mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta`minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimi sayyor qabuli jadvaliga o`zgarish kiritildi.  

Viloyat, shahar va tuman hokimliklari, viloyatdagi davlat xo`jalik boshqaruv organlarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta`minlash hamda fuqarolar qabulini tizimli, samarali tashkil qilish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarni viloyat hokimi tomonidan qabul qilish jadvaliga o`zgarish kiritildi.  

Mazkur o`zgarishga asosan, viloyat hokimi Z.Mirzaevning O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyat Xalq qabulxonasidagi qabuli haftaning shanba kunidan payshanba kuniga ko`chirildi.  

 

    Boshqa yangiliklar