AsosiyJamiyat

Profilaktika inspektori tomonidan kaltaklangan Andijonlik fuqaroning ikkinchi sudi o`tkazildi

'Profilaktika inspektori tomonidan kaltaklangan Andijonlik fuqaroning ikkinchi sudi o`tkazildi'ning rasmi

Andijonlik fuqaro IIB xodimi tomonidan ayovsiz kaltaklangan jabrlanuvchi 6 nafar kishi yordamida zo`rg`a qutulib qolgani hamda fuqaro adolat istab prokuraturaga murojaat qilsa, o`ziga qarshi jinoyat ishi ochishgani haqida xabar bergan edik. Mazkur ma`lumot joriy yilning 13 yanvar kuni “Facebook”  ijtimoiy tarmog`iga joylangan bo`lib, unga Andijon viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan munosabat bildirilgan edi.

Hodisa bo`yicha ko`rilayotgan ish sudga oshirilgan bo`lib, 7 fevral kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Marhamat tuman sudida sud raisi Abdurashid Isaqov raisligida birinchi sud majlisi bo`lib o`tdi. Unda J. Hamraqulov va boshqa guvohlarning ko`rsatmalari tinglangan edi. 

Bugun, 13 fevral kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudi binosida Jinoyat ishlari bo`yicha Marhamat tuman sudi raisi A. Isaqov raisligida ushbu ish bo`yicha ikkinchi sud majlisi bo`lib o`tdi. Sudda jabrlanuvchi sifatida ichki ishlar profilaktika inspektori S. Abdumannopov va boshqa voqea ishtirokchi hamda guvohlarning ko`rsatmalari tinglandi. Ushbu ish yuzasidan sud jarayoni davom etadi. Navbatdagi sud majlisi 17 fevral kuni o`tkazilishi belgilangan. 

 

    Boshqa yangiliklar