AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda YPX mashinasining nega taqiqlangan joyda qoldirilganiga izoh berildi

'Qashqadaryoda YPX mashinasining nega taqiqlangan joyda qoldirilganiga izoh berildi'ning rasmi

Joriy yilning 10 fevral kuni internet ijtimoiy tarmog`ining “Sizdan telegram” kanaliga “Qashqadaryoda YPX mashinasi taqiqlangan joyda qoldirildi” sarlavhali fotosurat joylashtirilgan. Ushbu holat yuzasidan IIV YHXBB izoh berdi.

2020 yil 05 fevral kuni viloyat IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi YPX inspektorlari I.G`oziev va A.Jo`raev rahbariyat tomonidan belgilangan taqsimot asosida xizmat olib borish uchun Chiroqchi tumani, Chiyal M.F.Y. hududiga xizmatga jalb qilingan.

Ushbu hududda joylashgan “Qoraburuq” qishlog`ida xizmat olib borayotgan vaqtida “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi B.E. 3.27 yo`l belgisi ta`sir doirasi oralig`ida avtomashinasini qoldirib o`zi noma`lum tomonga ketgan.

YPX inspektori I.G`oziev “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisiga nisbatan o`rnatilgan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydonchasiga  joylashtirish uchun evakuatorga ortayotganda YPX inspektori A.Jo`raevga xizmat yuzasidan biriktirilgan “Lasetti” rusumli 70 426 VSF davlat raqam belgili avtomashina ushbu yo`lning qarama-qarshi tomonida “Qoraburuq” mol bozori hududida turgan.

Noma`lum fuqaro go`yoki YPX xodimlari ham avtomashinalarini taqiqlangan joyda qo`yganliklarini aytib, ushbu fotasur`atni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda, deyiladi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar