Joriy yilning 12 fevral kuni soat 11:30 larda A-380 “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lida Beruniy tumanida yashagan A.B. “Matiz” rusumli transport vositasini belgilangan tezlik talabiga amal qilmasdan boshqarishi oqibatida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida yashovchi Sh.T. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomobili bilan to`qnashuv sodir etgan.
Natijada, “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi A.B., ushbu avtomashina yo`lovchilari S.M., voyaga etmagan M.Q. va T.R.lar olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etishgan.
“Man” rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.T. va “Matiz” rusumli transport vositasi yo`lovchilari D.Q. va S.S.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo`llarda harakatlanayotganda yo`l harakati qoidalariga belgilangan tezlik talablariga amal qilishingizni, ob-havo sharoitida yo`lning holatiga e`tibor berishingizni so`rab qolamiz, deyiladi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.






