Avval xabar berganimizdek, “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasi e`lon qilindi.
Loyihada bir qator yangi tartib-qoidalar nazarda tutilmoqda. Xususan:
* xorijiy mutaxassislar ishtirokida “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini tahlil qilish va unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash;
* “raqamli markirovka va onlayn kassa” loyihasini o`z vaqtida va to`liq bajarilishini nazoratga olish;
* internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi sub`ektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qo`shilgan qiymat solig`ini hisoblash va to`lashni hisobga olgan holda soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish;
* “yuk tashish monitoringi” yagona axborot platformasida tijorat transporti sohasini ro`yxatdan o`tkazish, hisobga olish va amalga oshirish monitoringi uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish;
* “E-ombor” tovarlarini hisobga olishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish, import qilinadigan tovarlar bo`yicha elektron shaklda hisobotlarni tayyorlashni ta`minlash;
* import qilingan oziq-ovqatlar, ma`danli va gazlangan suvlar, tarkibida alkogol bo`lmagan boshqa ichimliklarni majburiy markirovka qilishni bosqichma-bosqich joriy etish;
* soliq organlarida markirovka qilish majburiy bo`lgan tovarlarni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
* gastrol-konsert faoliyatida elektron bilet tizimini joriy etish;
* yakka tartibdagi tadbirkorlar noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
* o`zini o`zi band qilgan fuqarolarning faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish, ularni soliqqa tortish, ish stajini hisobga olish va faoliyat yuritish tartibini soddalashtirish;
* “yashirin iqtisodiyot” sub`ektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish;
* savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko`rsatish sub`ektlari tomonidan ishlatilayotgan turli dasturiy mahsulotlarni Davlat soliq qo`mitasining Ma`lumotlarni qayta ishlash markaziga integrasiya qilish;
* bankomatlar orqali naqd pul mablag`ini bank plastik kartalari yoki bank hisob raqamlariga o`tkazish imkoniyatini yaratish;
* mazkur karta va hisob-raqamlar egalariga amalga oshirilgan operasiya qiymatining ma`lum miqdorida bonuslar taqdim etish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.
13.02.2020 03:48
Endi bankomatlar naqd pulni plastikka o`tkazib beradi






