Haydovchi yo`lning belgilanmagan joyidan o`tmoqchi bo`lgan piyodani urib yubordi, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.
Joriy yilning 6 fevral kuni soat 12:30 larda, Sergeli tumani TXAY-Binokor ko`chalari kesishgan chorrahada, osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 50-60lar atrofidagi, shaxsi noma`lum erkak kishi yo`lning belgilanmagan joyidan kesib o`tmoqchi bo`lgan vaqtida, haydovchi J.V. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk transport vositasida piyodani urib yuborgan. YTH natijasida piyoda tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o`tamiz, ushbu voqea haqidagi dastlabki taqdim etgan ma`lumotimizda halok bo`lgan shaxs tilanchi bo`lgani aytilgan edi.






