AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda ob-havo qanday bo`ladi?

'Bugun O`zbekistonda ob-havo qanday bo`ladi?'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berishicha, 13 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo`ladi.


Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.


Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.


Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.


Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.


Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.


Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.


Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar