AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 400 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

'Qashqadaryoda 400 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy harakatini oldini olish bo`yicha Shahrisabz shahrida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro R.D. shahar markazida noqonuniy ravishda hech qanday tegishli hujjatlarga hamda aksiz markalarga ega bo`lmagan tamaki mahsulotlarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to`xtatib qolindi. Tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan turli nomdagi qiymati 5,6 million so`mlik jami 400 quti tamaki mahsulotlari vaqtincha saqlovga topshirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar