AsosiyJamiyat

Peterburgda hujumga uchragan O`zbekiston fuqarosi tafsilotlari ma`lum bo`ldi

'Peterburgda hujumga uchragan O`zbekiston fuqarosi tafsilotlari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Avvalroq, Sankt-Peterburgda  hujumga uchragan O`zbekiston fuqarosi haqida xabar bergan edik. Ayni paytda ushbu voqea yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi rasmiy bayonot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 7 fevral kuni kech soat 21:30 da do`konda yordamchi ishchi sifatida ishlovchi 25 yoshli O`zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgning Polejaevsk parkidan qaytayotganida uni to`rt kishi to`xtatib, ismini so`ragan va ulardan biri noma`lum quroldan foydalanib, uning bosh qismiga otgan. Yarador bo`lgan hamyurtimiz u erdan qochadi va uyiga etib kelib, tez yordam chaqiradi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiya Federasiyasidagi vakolatxonasi O`zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligi hamkorligida Rossiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan tezkor aloqa o`rnatdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, jabrlanuvchi – 1994 yilda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi S.Nga Sankt-Peterburg shahridagi 26-sonli kasalxona shifokorlari tomonidan zarur tibbiy yordam ko`rsatilib, hayoti xavf ostida emasligi sababli 8 fevral kuni uyiga qo`yib yuborilgan.

Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari ma`lumotlariga ko`ra, hozirda hamyurtimizga hujum qilganlarning uch nafari ushlangan va ularga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan ushbu holat nazoratga olingan va vatandoshimizga zarur huquqiy yordam ko`rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar