Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon viloyati hokimligi matbuot kotibi M.Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalar yuzasidan tergov oldi tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan bir qator tergov harakatlari olib borilishi lozimligini hisobga olingan holda Jinoyat kodeksining 139 va 140-moddalari bilan jinoyat ishi ko`zg`atildi.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Andijon viloyati IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olindi.






