AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Kiberxavfsizlik to`g`risida qonun ishlab chiqiladi

'O`zbekistonda Kiberxavfsizlik to`g`risida qonun ishlab chiqiladi'ning rasmi

2020–2023 yillarga mo`ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik to`g`risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida:

2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish bo`yicha choralar ko`riladi, shu jumladan 2020–2023 yillarga mo`ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik to`g`risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi;

2020 yilda BMTning Inson huquqlari bo`yicha kengashiga 2021–2023 yillarga saylanish uchun O`zbekiston nomzodi ilgari suriladi;

2020 yil 20 sentyabrda Samarqand shahrida Inson huquqlari bo`yicha Ikkinchi Osiyo forumi o`tkaziladi;

2020 yilda “Do`stlik haftaligi” va “Do`stlik” xalqaro forum-festivali o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar