AsosiyJamiyat

Qarshi shahar markaziy ko`chasida zamonaviy bekatlar qad rostlaydi

'Qarshi shahar markaziy ko`chasida zamonaviy bekatlar qad rostlaydi'ning rasmi

Jamoat transportidan foydalanuvchi aholiga kengroq qulaylik yaratish maqsadida Qarshi shahri Islom Karimov ko`chasi bo`ylab yangi namunadagi bekatlar qurilishi boshlandi. 

Mazkur bekatlarning avvalgilaridan farqi yo`lovchilar uchun mo`ljallangan sharoitlarning ko`pligidadir. 

“Zamonaviy bekatning 2 xil varianti tasdiqlandi. U 12 ga 4 metr maydonni egallaydi. Bir qismi savdo do`koniga moslashadi. Boshqa tarafi kutish joyi bo`ladi. Bekat kuzatuv kamerasi, kondisioner kabi muhim vositalar bilan jihozlanadi”, deydi Qarshi shahar qurilish bo`limi boshlig`i Jasur Choriev. 

Bundan ko`zlangan maqsad jazirama va sovuq kunlarda yo`lovchilarga zarur qulaylik taqdim etishdan iborat. Qolaversa, zamonaviy bekatlar Qarshi shahri arxitekturaviy qiyofasiga yanada ko`rk qo`shadi. 

Rejaga ko`ra, Islom Karimov ko`chasida 28 ta zamonaviy bekat barpo qilinishi ko`zda tutilgan. Hozirda namuna sifatida 7 joyda qurilishga start berildi.

    Boshqa yangiliklar