AsosiyJamiyat

Dang`arada qoidani buzgan “Matiz” sabab “Damas” haydovchisi vafot etdi

'Dang`arada qoidani buzgan “Matiz” sabab “Damas” haydovchisi vafot etdi'ning rasmi

Dang`arada yo`l qoidasiga amal qilmagan haydovchi bir kishining o`limiga sabab bo`ldi, deya ma`lum qildi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.

2020 yil 11 fevral kuni soat 13:30 larda, Dang`ara tumani Xo`ja qishlog`i hududida, Toshkent viloyati Olmazor tumanida yashovchi Yu.S. "Matiz" rusumli  avtomobilini boshqarib, ikkinchi darajali yo`ldan asosiy yo`lga chiqayotganida, asosiy yo`ldan harakatlanib kelayotgan Dang`ara tumani Xo`ja qishlog`ida yashovchi Sh.K. “Damas” rusumli  avtomobili bilan to`qnashuv sodir etgan. Natijada, “Damas” avtomobili haydovchisi K.Sh “ko`krak qafasi  qisilishi” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.K. kasalxonada vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar