AsosiyJamiyat

O`zA o`z saytini yangilash uchun davlatdan 5,4 mlrd so`m olmoqchi.

'O`zA o`z saytini yangilash uchun davlatdan 5,4 mlrd so`m olmoqchi.'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 2019 yilning dekabrida «O`zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni imzolagan edi.

Unda O`zAning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo`nalishlari belgilangan, shuningdek, agentlik tarkibida Media markaz tashkil etilishi ta`kidlangandi.

Media markazning asosiy vazifalaridan biri axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va ko`rsatuvlar tayyorlash, ularni O`zAning veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda etkazib berishdan iborat.

Qarorga ko`ra, 2020 yil 1 mayga qadar foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yo`li bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud bo`lgan O`zAning axborot portali ishga tushiriladi.

Kuni kecha agentlik ushbu axborot portalini yaratish va unga zarur texnikalarni sotib olish uchun 5,4 milliard so`m ajratilishi ko`zda tutilgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishini muhokamaga qo`ydi.

Pullar davlat byudjetining 2020 yil 1-chorak yakuni bo`yicha daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan olinishi qayd etilgan.

Uskunalarni tender tanlovlari orqali sotib olish rejalashtirilgan. Pul agentlik bosh direktori shaxsiy javobgarligi ostida ajratiladi.


 

    Boshqa yangiliklar