Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan xabarlarga ko`ra, Mahalla va oila ishlari vazirligi tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqida bloger @xolisfikr xabar bergan.
Yangi vazirlikning viloyat, tuman, shahar boshqarma va bo`limlari boshliqlari tegishlicha viloyat, tuman va shahar hokimlarining o`rinbosari hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari lavozimi, uning quyi tuzilmalari tugatiladi. Buni yangilik desa bo`ladi.
Bir-birining funksiyasini takrorlaydigan, oqibatda ko`p masalalar arosatda qolib ketayotgan hozirgi sharoitda mahalla, oila va xotin-qizlar institutlarining birlashtirilishi bir hisobga to`g`ri qaror.






