AsosiyJamiyat

Yana bir haydovchi inspektorning “bodi kamera”sini yulib oldi

'Yana bir haydovchi inspektorning “bodi kamera”sini yulib oldi'ning rasmi

Pastdarg`om tumani “Galabotir” mahallasida yashovchi 1993 yilda tug`ilgan fuqaro A.J. “Damas” avtomashinasini “to`xtash taqiqlangan” yo`l belgisi ta`siri ostida sababsiz to`xtab turgan. Bu vaqt Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori  F.Abdusamatov  haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma tuzishga urinadi. 

Haydovchi YPX inspektoridan ma`muriy bayonnoma tuzmasligini talab qilib, uning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganligi, bu ham etmaganidek, xodimning egnidagi xizmat kiyimiga o`rnatilgan “bodi kamera”ni yulib olganligi aniqlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Haydovchi shu zahotiyoq Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 5-son IIBga olib kelinib, unga nisbatan yo`l harakat qoidalarining 91 va 7-bandlari (to`xtab turish va avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarish) talablarini qo`pol ravishda buzganligi uchun ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, haydovchi ichki ishlar organlari xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatganligi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Samarqand shahar Ma`muriy ishlar bo`yicha sudiga yuborildi.

Samarqand shahar ma`muriy ishlar bo`yicha sudining qaroriga asosan, A.J., MJtKning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko`rsatilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Fuqaro sud jarayonida o`zining aybini tan olib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so`radi, biroq, g`alvir suvdan ko`tarilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar