AsosiyJamiyat

Yoshlar turizm jamoatchilik kengashi o`z tashabbusini chet el tajribasi asosida boshladi

'Yoshlar turizm jamoatchilik kengashi o`z tashabbusini chet el tajribasi asosida boshladi'ning rasmi

Kuni kecha Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan Yoshlar turizm jamoatchilik kengashining O`zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi faol a`zo talabalari universitetda Yaponiya Turizm byurosi vakillari bilan uchrashuv o`tkazishdi. Bu haqda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda turizm bo`yicha yaponiyalik ekspertlar tomonidan o`quv amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi.

Ushbu mashg`ulotlarda Universitetning turizm yo`nalishida o`qiydigan talabalari ham qatnashishdi va o`z bilimlarini mustahkamladilar. Amaliy o`quv mashg`ulot nazariy va amaliy shaklda o`tkazilib, dastlabki qismda talabalar turizm haqida qisqacha ma`lumotlar va yangiliklar bilan tanishishdi. Amaliy qismda esa guruhlarga bo`linib O`zbekistonning turistik resurslaridan foydalanib turistlarni jalb qilish uchun turli xil turpaketlarni ishlab chiqish bo`yicha ish olib bordilar.

Uchrashuv kutilganidan ham qiziqarli o`tdi va bunda yaponiyalik ekspertlarning ham hissasi juda katta bo`ldi. Ular talaba yoshlar bilan turizm sohasidagi o`z tajribalarini bo`lishishdi va talabalarning savollariga batafsil javob berishdi.

 

    Boshqa yangiliklar