Tergov departamentining xabariga ko`ra, 2020 yil 06 fevral kuni soat 10:00 dan 17.00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, noma`lum shaxs fuqaro 31 yoshli S.X.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasini Olmaliq shahar Oltin zamin ko`chasidagi uylarning yonidan olib qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB xuzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga etmagan 16 yoshli B.G. va 17 yoshli Yo.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, olib qochilgan avtomashinani Ohangaron tumani hududida boshqarib ketayotganlarida, YPH xodimining to`xtash ishorasiga rioya qilmasdan harakatni davom ettirib, haydovchining malakasi etarli bo`lmaganligi sababli YPH avtomashinasi bilan to`qnashib ketib, olib qochilgan avtomashina yo`lining chetidagi ariqqa tushib ketishi natijasida to`xtagan.
Jinoyat ishi bo`yicha B.G. va Yo.T.lar prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.






