Joriy yilning 11 fevral kuni soat 12:02da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Jizzax shahrida 25-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi binosida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limining 2 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi 7 daqiqada voqea joyiga etib bordi va qisqa muddatda yong`in bartaraf etildi. Yong`in natijasida bir nechta parta va yumshoq mebel (divan) yonib zararlangan.
Hodisa yuzasidan jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan. Yong`in sababi va ko`rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






