Qashqadaryoda qalbaki pul o`tkazish bilan bog`liq jinoyat fosh etildi, deya “darakchi.uz”ga ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Keltirilishicha, Koson tumanidagi savdo majmuasida fuqaro D.B. xususiy tadbirkor J.Sh.ga qalbaki 210.000 Rossiya rublini jami 30 mln so`mga sotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 10.02.2020 yilda Departamentning tuman bo`limi tomonidan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ayni paytda Tergov harakatlari olib borilmoqda.






