AsosiyDunyo

Kobuldagi universitetda sodir bo`lgan portlashda 5 kishi halok bo`ldi

'Kobuldagi universitetda sodir bo`lgan portlashda 5 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Afg`onistonning Kobuldagi Marshal Fahim milliy mudofaa universiteti yaqinidagi portlashda 5 kishi halok bo`ldi va yana 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sof.uz TOLOnews manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning xabariga ko`ra, xudkush hujumchi tomonidan qilingan hujum natijasida halok bo`lganlar orasida 3 nafar harbiy xizmatchi va 2 nafar oddiy fuqarolardir.

Ma`lumot Afg`oniston Ichki ishlar vazirligida tasdiqlandi.

Eslatib o`tamiz, 2019 yil noyabr oyi oxirida, Kobulda BMT bo`linmalaridan biriga tegishli mashinaning portlashi oqibatida bir kishi halok bo`lib, yana besh kishi jarohat olgan edi.

Boshqa yangiliklar