O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish bo`yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to`g`risidagi nizomning 20-bandiga o`zgartirish kiritish haqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi va muhokama uchun regulation.gov.uz portalida chop etildi.
Mazkur qaror loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son “Byurokratik to`siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Qaror loyihasida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2013 yil 25 sentyabrdagi 38, 25, 72-q/q-son qarori (O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 24 oktyabrda ro`yxatdan o`tkazilgan, ro`yxat raqami 2519-son) bilan tasdiqlangan “Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish bo`yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to`g`risidagi nizom”ning 20-bandi “e” kichik bandini – “yashash joyidan ma`lumotnoma va tavsifnoma” so`zlarini chiqarib tashlash nazarda tutilgan.






