Safarga yo`l olgan, haj va umra amallarini bajarayotganlar uchun eslatma:
· Spirtli nam salfetkalar yordamida qo`llaringizni tez-tez artib turing, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning yoki qo`llaringizni sovun bilan yuving.
· Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqindan muloqot va aloqa qilishdan chekining.
· Yuzingizni qo`l bilan ko`p ushlamang.
· Yo`talganda va burningizni qoqqaningizda og`zingiz bilan burningizga salfetka tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlatga tashlang va qo`lingizni yuving.
· Betobligingizni sezsangiz, Siz bilan safarga chiqqan guruh a`zolaringizga bu haqda xabar bering va imkon bo`lishi bilan shifokorga murojaat qiling.
· Faqat yaxshilab pishirilgan (qaynatilgan yoki qovurilgan) ovqatni iste`mol qiling.
· Jamoat joylarida tupurmang.
· Kasal uy hayvonlari bilan, jumladan, safarlarda yaqin aloqadan yiroq bo`ling.
· Safaringizdan oldin Sizda shamollash yoki gripp (o`tkir respirator kasallik) alomatlari kuzatilsa, safarni bekor qiling va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
· Doim og`iz va burun niqoblaridan foydalanishni va yashash uyingizni toza havo bilan shamollatishni unutmang.






