— Menga qo`yilgan ayblovlarga iqror emasman, hammasi uyushtirildi, — dedi sudlanuvchilardan biri. — Mashinada kelayotganimizda bizni ichki ishlar organlari xodimlari to`xtatishdi. Bizni kuch bilan majburlab IIBga olib borishdi. Bizni ushlagan joyida giyohvandlik moddasini ham erdan topib olishdi, men u haqda bilmayman...
Shu kabi vajlar bilan ko`rsatma bergan yigit suddan o`ziga qo`yilgan ayblovlarni olib tashlashini va uni oqlashlarini so`radi. Ammo shu kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyati Pastdarg`om tuman sudi binosida bo`lib o`tgan sud majlisida ko`rilayotgan jinoyat ishi yuzasidan boshqa sudlanuvchilar ham tingladi. Guvohlar va xolislar so`zga chiqdi. Shuningdek, inkor qilib bo`lmaydigan ashyoviy dalillar keltirildi.
Xovlisining hilvatroq eriga ta`qiqlangan giyohvandlik o`simligi urug`ini ekkan Davron (ismlar o`zgartirilgan) uni «mehr» bilan parvarishlay boshladi. Oradan vaqtlar o`tgan sayin zahri qotil unib, «har qanday qabihlikka tayyorman», degandek pishib etildi. Davron uni uzib olgach, quriti, gugurt qutilarga joyladi va sotishga tayyorladi. Haridor esa uning eski tanishi Shavqiddin edi.
Avval ham jinoyat sodir etib sudlangan ammo tegishli hulosa chiqarmagan Zafar esa bu savdoda Shavqiddinga sherik bo`ldi. Ikki hamtovoq Davrondan zahri qotilni sotib olgach, avvaldan kelishib qo`yilgan mijozlari uchun olib jo`nashdi. Uni sotib olish uchun rozilik bildirgan Nozim va Akbar ismli shaxslar edi.
Ular kelishilgan joyda uchrashishdi. Zafar giyohvandlik vositasining bir qismini o`zida qoldirib, qolganini mijozlarga tutqazdi va kelishilgan pulni sanab oldi. Ishlari amalga oshirib bo`lingach, endi tarqalishmoqchi bo`lgandilar. Ammo mashina ko`p ham uzoqqa ketmasdan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan to`xtatildi. Osoyishtalik posbonlari ularni xolislar ishtirokida tekshirmoqchi ekanliklarini aytishganda Zafar yonidagi gugurt qutisida bo`lgan giyohvandlik vositasini chekkaroqqa otib yubordi. Hushyor posbonlar esa uni ko`zdan qochirishmadi.
Sud zalida ko`rsatma bergan paytda, ayblarni inkor qilib, giyohvand moddani erdan topib olishdi, degan ham shu Zafar edi. Biroq tergov va sud jarayonlarida Shavqiddin va Davron qilmishlariga qisman bo`lsa-da iqrorlik bildirishdi. Guvohlar, jarayonda ishtirok etgan xolislar ham tinglandi. Sud hay`ati Zafarning tadbir jarayonida erdan topilgan bir gugurt qutida bo`lgan marixuanna giyohvandlik vositasi haqida hech narsani bilmasligi haqidagi ko`rsatuvlarini muhokama qildi. Uning aybi guvohlarning ko`rsatuvlari va ishda to`plangan ishonchli dalillar majmuasi bilan o`z isbotini topganligi sababli bu vajlarni jinoiy javobgarlikdan qutulish va kelgusida tayinlanadigan jazoni engillashtirish maqsadida o`ylab topilgan deb tanqidiy baholab, ishonchga sazovor emas deb topdi.
Sud barcha xolatlarni atroflicha o`rganib, og`ufurushlarga tegishli hukmni o`qib eshittirdi. Jazoni og`irlashtiruvchi va engillashtiruvchi xolatlarga e`tibor qaratildi. Qancha-qancha odamlarning yostig`ini quritayotgan, qotillik, o`g`rilik kabi jinoyatlar sodir etilishiga, nogiron go`daklar dunyoga kelishiga sababchi bo`layotgan shu qora og`uning savdogarlari qilmishlari uchun qonunlarimizda belgilangan muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Habibulla ChINIEV, jinoyat ishlari bo`yicha Pastdarg`om tumani sudining raisi






