Parkent tumanida yashovchi fuqaro kollejni tamomlaganidan so`ng tengdoshlari singari biror bir ish faoliyati bilan shug`ullanmasdan, tayinli ishning boshini tutmadi...
“Bekorchidan Xudo bezor” deganlaridek, uning bu yurishi nafaqat mahallani, balki oila azolarining ham salbiy munosabatlariga sabab bo`lmoqda edi. U esa parvoyi falak “u ish og`ir, bu ish og`ir”, deb ishdan bo`yin tovlardi. Unga qolsa jon kuydirmay, osonlik bilan pul topsa. Oxiri u buning yo`lini topdi. Ayni meva-chevalar pishgan kuz mavsumida sodda dehqonlarning bog`dorchilik maxsulotlarini olib, sotib mo`may foyda ko`rmoqchi bo`ldi. Ammo bu ham kishidan mehnat talab etar, unga bu yoqmasdi. Shundan so`ng u o`ylay-o`ylay dehqonlardan etishtirgan uzum hosilini qimmat narhda sotib olishini aytib, ularning ishonchiga kirib, aldov yo`li bilan sotib olgan uzumlarini pulini keyin berishini aytadi. 2019 yil 14 oktyabr kuni Bo`stonliq tumani, Xondoyliq qishlog`ida yashovchi fuqaroning uzumini qimmat narhda sotib olishini, uzum uchun beriladigan pullarni qisqa muddat ichida olib kelib berishga va`da qilib, uning xonadonidan 1.500.000 so`mlik uzumlarini olib ketadi. Ularni arzon narxlarda sotib, uzumlardan tushgan pullarni o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari, u takroran o`zganing mulki yoki mulkiga bo`lgan huquqini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, shu qishloqda yashovchi bir qancha fuqarolardan 1.000.000 so`mlik, 550.000 so`mlik, 300.000 so`mlik, 3.280.000 so`mlik uzumlarini turli vaqtlarda olib ketgan. Uzumlarni arzon narxlarda sotib, uzumlardan tushgan pullarni o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
MAZMUNAN KO`RIB ChIQIShLIK UChUN JINOYaT IShLARI BO`YIChA BO`STONLIQ TUMAN SUDIGA YuBORILGAN
Doston ERGAShBOEV, Bo`stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tergovchisi:
— Mazkur holat bo`yicha fuqaroga JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayb elon qilindi. Mazmunan ko`rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Bo`stonliq tuman sudiga yuborilgan.
Kelgustda shunday holatlarni oldini olish maqsadida fuqarolardan firibgarlarning tuzog`iga tushib, ularning bergan vadalariga ishonib qolmasliklarini so`raymiz.
Sadoqat ALLABERGANOVA






