AsosiyJamiyat

Lizing tashkilotining navbatdagi “o`yin”i

'Lizing tashkilotining navbatdagi “o`yin”i'ning rasmi

“Uchar“ tadbirkorlardan aldangan fuqarolarO`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga murojaat qilib, o`z huquqlari himoyasida ko`mak so`ramoqda. Bu haqda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining bo`lim boshlig`i Sherali Sattarov darakchi.uzga ma`lum qildi.

Boshlang`ich to`lovini yoki avtomobilini qaytarib olgan iste`molchilar haqidagi maqolalarga ko`p bora duch kelgansiz. Bu safargi avtomobil bilan bog`liq murojaat sal boshqacharoq mazmunda.

Fuqaro Z.Tillaeva yaxshi niyatda jamg`argan mablag`lari evaziga avtomobil xarid qilish maqsadida “Vobkentavtotexxizmat“ MChJ bilan shartnoma imzolab, “Neksiya 3“ avtomobili uchun to`lovni amalga oshirgan edi.

Avtomobili o`z vaqtida etib kelishini intizorlik bilan kuta boshlagan iste`molchi kutib toqati toq bo`ldi. Fuqaro Vobkent tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qiladi. Soha mutaxassislarining aralashuvi bilan Z.Tillaevaga avtomobili olib berildi.

Yana bir holat. Rishton tumani Jalaer qishlog`ida yashovchi U.Meliqo`ziev “UMID SAVDO FAYZ INVEST” MChJ bilan 4 tonnalik ISUZU QR 71PL yuk tashish mashinasini lizing shartlarida sotib olish uchun shartnoma imzolaydi.

Shartnomada ko`rsatib o`tilgan 114 980 000 (bir yuz o`n to`rt million to`qqiz yuz sakson ming) so`m pulni ham to`lab beradi. Shartnomaga ko`ra yuk avtomashinasi 180 kunlik muddatda etkazib berilishi belgilanadi. Lekin ...

Oradan shartnomada ko`rsatib o`tilgan muddat o`tib borayotgan bo`lsa-da, iste`molchining yuk avtomashinasidan darak bo`lmaydi. U o`z kuchi bilan shartnomaning ikkinchi tarafiga majburiyatlarini to`liq ado qilishini tushuntirishga urinib ko`radi, lekin bundan natija chiqara olmaydi. Shundan so`ng u Farg`ona shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilib, yuzaga kelgan holat yuzasidan amaliy yordam ko`rsatilishini so`raydi.

Iste`molchining murojaati shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganib chiqilishi jarayonida mas`uliyati cheklangan jamiyati mutasaddilariga murojaat qilinib, iste`molchining qonuniy talablarini qondirish, aks holda masala yuzasidan sudga murojaat qilinishi bildirildi. Lekin lizing tashkiloti ixtiyoriy ravishda iste`molchining qonuniy talablarini qondirishni lozim topmadi. Shahar jamiyati tomonidan tegishli hujjatlar tayyorlanib, sudga da`vo arizasi kiritilgach esa tomonlar o`rtasida kelishuvga erishilib, lizing tashkiloti tomonidan 114 980 000 so`m mablag` iste`molchining shaxsiy bank plastik kartochkasiga tushirib berildi.

    Boshqa yangiliklar