AsosiyJamiyat

2019 yilda O`zbekistonga qancha odam ko`chib kelgani va eng ko`p qaysi viloyatga kelgani ma`lum bo`ldi

'2019 yilda O`zbekistonga qancha odam ko`chib kelgani va eng ko`p qaysi viloyatga kelgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotiga ko`ra, 2019 yil davomida turli xorijiy mamlakatlardan O`zbekistonga jami 2527 kishi ko`chib kelgan. 

Ko`chib kelganlar xorijiy mamlakatlar kesimida:

Qozog`istondan – 839 kishi

Rossiya Federasiyasidan – 588 kishi

Tojikistondan – 541 kishi

Qirg`izistondan – 307 kishi

Boshqa davlatlardan – 252 kishi

Ularning eng ko`pi, ya`ni 775 nafari Toshkent viloyatiga, eng kami, ya`ni 3 nafari Surxondaryo viloyatiga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar