Joriy yilning 7 fevral kuni soat 10.00lar chamasida Turon MFY Yangi Farg`ona ko`chasida yo`lning qatnov qismida “Marg`ilon buyuk ipak yo`li” MChJga a`zo 10 nafar va “Lochin” MChJga a`zo 10 nafar haydovchilar o`rtasida “33-yo`nalish”da harakatlanishni talashib, o`zaro og`zaki janjal kelib chiqqan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2019 yilda o`tkazilgan tenderda “Lochin” MChJ mazkur yo`nalishda harakatlanish huquqini qo`lga kiritgan. “Marg`ilon buyuk ipak yo`li” MChJ esa o`zboshimchalik bilan ushbu yo`nalishda “33-A” yo`nalishini tashkil qilgan. Bu esa, har ikkala MChJ haydovchilari o`rtasidagi kelishmovchilikka sabab bo`lgan.
Holat yuzasidan 20 nafar “Damas” haydovchilariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi va 201-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Marg`ilon shahar ma`muriy ishlar bo`yicha sudiga taqdim etildi. Sud tomonidan haydovchilarning 7 nafariga 6 sutkadan, 1 nafariga 3 sutka qamoq jazosi berildi. 14 nafar voqea ishtirokchilari eng kam oylik ish haqqining 3 baravari miqdoridagi jarimaga tortildi.
Janjalda ishtirok etgan haydovchilarga tegishli 10 ta avtomobil MJtKning tegishli moddalariga asosan jarima maydoniga olib kirildi.






