AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 812ta namunalar koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Natija qanday?

'O`zbekistonda 812ta namunalar koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Natija qanday?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 10 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Xitoy Xalq Respublikasida jami 40235 nafar, dunyo bo`yicha 40553 nafar fuqarolar yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bo`lib, kunlik o`sish 8 foizni (2987 nafar) tashkil etmoqda. 909 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyoning 25ta davlatida 318 nafar fuqarolarda qayd etildi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida joriy yilning yanvar oyidan boshlab 10 fevral kunigacha 812ta namunalar koronavirus infeksiyasiga tekshirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 9 fevral kuni xorijiy davlatlardan 31ta samolyot qabul qilinib, 3829 nafar fuqarolar, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6ta sanitariya-karantin punktidan 4ta poezdda jami 563 nafar fuqarolar, Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlar orqali 34550 nafar fuqarolar termometriyadan o`tkazildi.

2020 yil 10 fevral kunigacha Xitoy Xalq Respublikasida bo`lib qaytgan 3447 nafar fuqarolarimiz tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Ulardan 2676 nafarida kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko`rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 771 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma`lum qiladiki, joriy yilning 10 fevral holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar