Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati xalq qabulxonasi rahbari Abduhalim Xolmaxmatov Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Shuhrat Uzoqov O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o`rinbosari - O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori etib tayinlangan.






