AsosiyJamiyat

SSV bolalarni koronavirus yuqishidan asrash bo`yicha eslatma bilan chiqdi

'SSV bolalarni koronavirus yuqishidan asrash bo`yicha eslatma bilan chiqdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekiston aholisiga yangi koronavirus yuqishining olidini olish uchun bir qator eslatmalar berdi. Xususan, bolalarni ushbu virus yuqishidan asrash bo`yicha alohida eslatma berilmoqda. Unga ko`ra: 

  • Spirtli vositalar yordamida bolalar qo`lini sinflarda dezinfeksiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va majburiy tartibini joriy qiling.
  • O`quvchilarga qo`llarni sovun bilan astoydil va tez-tez yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqatlanishdan oldin hamda hojatxonadan keyin qo`llarni yuvish, dars va tanaffus paytida spirtli nam salfetkalarda artish zarurligi haqida eslatib turing.
  • Bolalarga yuzlarini qo`l bilan ko`p ushlamaslikni tavsiya eting.
  • Bolalar yo`talganida, aksirganida og`iz bilan burunga dastro`mol yoki salfetkani tuting. Undan keyin dastro`mol yoki salfetkani darhol axlatga tashlang va qo`lni yuving.
  • Bolalarga shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan muloqot yoki yaqin aloqa qilishdan chekinishni ayting (yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasigacha turish).
  • Bolalarda ilk kasallik alomatlari kuzatilganda, uyda qolish va darhol shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiling.
  • Maktab o`quvchilaridan birontasi kasallansa, darhol uni izolyasiya qiling, kasallanish haqida ota-onasiga xabar bering va tez tibbiy yordam chaqiring.
  • Bolalarga doim og`iz va burun uchun mo`ljallangan tibbiy niqoblaridan foydalanishni hamda yashash uylari va sinf xonalarini toza havo bilan shamollatishni tavsiya eting.

Ovqat tayyorlayotganda maktabning tegishli xodimlari quyidagi ehtiyot choralariga amal qilishi shart:

  • Xom go`sht va pishirilgan mahsulotlar uchun alohida pichoq va chopish taxtalarini ishlating;
  • Pishirilgan mahsulotlar bilan muomala qilishdan oldin xom mahsulotlarni, ayniqsa, go`sht va sut mahsulotlarini, ushlagandan keyin qo`llarni astoydil yuving;
  • Go`sht mahsulotlarini ovqatga ishlatish sharti shuki, ular yaxshilab qaynatilgan yoki qovurilgan, ya`ni puxta pishirilgan bo`lishi kerak;
  • Kasal hayvon yoki kasallik oqibatida o`lgan hayvon go`shtini aslo ovqatga ishlatmang;
  • Kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlarning xom yoki chala qaynatilganlarini iste`mol qilishdan chekining. Kesishma zararlanishga yo`l qo`ymaslik uchun xom go`sht, sut bilan ehtiyotkor muomala qilish lozim. Sutni yaxshilab qaynating.

Infeksiyadan himoya vositasi sifatida og`iz va burun uchun mo`ljallangan tibbiy niqobni taqib yurish shartmi?

Ha. Sizda respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa – yo`tal, nafas olishda qiynalish.

Ha. Respirator infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan bo`lsangiz.

Ha. Sog`liqni saqlash tizimi xodimi bo`lib, respirator infeksiya alomatlariga ega bemorlarni borib ko`rsangiz.

Yo`q. Respirator infeksiya alomatlariga ega bo`lmagan barcha holatlarda.

    Boshqa yangiliklar