AsosiyJamiyat

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi: «Yovvoyi hayvonlarni ovlash nazorat ostiga olingan»

O`zbekiston hukumati tomonidan «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tish tartibi to`g`risida»gi qarorning qabul qilinishi va unga ilova qilingan «Hayvonot dunyosi ob`ektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi ob`ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tish tartibi to`g`risida» Nizom jamoatchilik o`rtasida qizg`in muhokamaga sabab bo`ldi, deb yozadi Gazeta.uz O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, qabul qilingan nizom barcha turdagi hayvonot va o`simlik dunyosi turlarini, shu jumladan Qizil kitobga kiritilganlarni ovlash, ularni chiqarib ketish va noqonuniy xalqaro bozorlarda sotish bilan bog`liq noqonuniy faoliyatga qarshi kurash maqsadida qabul qilingan.

«Bugungi kunda ‘Yo`q bo`lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to`g`risida’gi Konvensiya (CITES) ma`lumotlariga ko`ra, yovvoyi hayvonlar savdosi oboroti narkotiklar va qurollar savdosi daromadlari bilan tenglashib qolgan.

Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostidagi hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olish uchun ruxsatnoma bir nechta bosqichlarda beriladi. Avvalo Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritadi, unga Fanlar akademiyasining xulosasi va Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan kvota ilova qilinadi.

Bundan tashqari, Nizomda xorijiy fuqarolar tomonidan ov qilish tartibi ham belgilangan. Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun O`zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasining ruxsatnomasi asosida ma`lum tartibda beriladi.

    Boshqa yangiliklar