AsosiyJamiyat

O`zbekiston Ta`lim bo`yicha global sheriklik xalqaro tashkilotining 50 mln dollarlik grantiga ega bo`ldi

O`zbekiston hukumati Ta`lim bo`yicha global sheriklik xalqaro tashkilotining 49,9 million dollarlik grantiga ega bo`ldi. Bu haqda grant ma`muri bo`lgan Jahon banki vakolatxonasiga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.

Grant mablag`i respublikadagi maktabgacha va o`rta ta`lim muassasalarini jihozlash, maxsus ta`limga ehtiyoji bo`lgan bolalarni o`qitish va o`qituvchilar malakasini oshirishga yo`naltiriladi.

Ta`lim bo`yicha global sheriklik tashkiloti 2002 yilda dunyoning turli burchaklaridagi bolalarni sifatli ta`limga jalb etish bo`yicha ko`p tomonlama hamkorlikni yaratish maqsadida tuzilgan.

    Boshqa yangiliklar