Xitoyning Shanxay shahrida bo`lib o`tayotgan figurali uchish bo`yicha Gran-Prining uchinchi bosqichida ayollar o`rtasida yakkalik bahslarda rossiyalik Elizaveta Tuktamisheva g`oliblikni qo`lga kiritdi.
Qisqa va erkin dasturlar yakuniga ko`ra sportchi 196,60 ball to`pladi. Yana bir rossiyalik sportchi Yuliya Lipniskaya 173,57 ball bilan kumush medalni qo`lga kiritdi. Bronza medali esa 169.39 ball to`plagan yaponiyalik Kanako Murakamiga nasib etdi.





