Bugungi kunda o`ziga xos yo`nalishdagi qo`shiqlari va kliplari orqali minglab muxlislar qalbidan mustahkam joy olgan Jahongir Poziljonov yana bir hazilomuz tarzda yozilgan taronani taqdim etmoqda.
Jahongir Poziljonov bu safar og`ir vaznli insonlarni madh etishni maqsad qildi va “Baqaloq” nomli qo`shiqni yozdi. Bu borada ijodkor Bobur Umarov bilan hamkorlik qildi. Shu tariqa, hazilomuz satrlarga boy tarona dunyoga keldi.
Javlon Shodmonov rejissyorligida Jonrid Sagdiev tomonidan tasvirga olgan klip tarona bilan birgalikda eksklyuziv ravishda tantanali “POPCORN” taqdimot marosimida premera qilingandi.
Konsert dasturiga o`zgacha fayz va quvnoq kayfiyat baxsh etgan Jahongir Poziljonovning chiqishiga olqishlar tinmagandi.





