Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashining Shenchjen shahar qo`mitasi raisi sobiq o`rinbosari budda ibodatxonasiga 1 million yuan (163,6 ming dollar) xayriya qildi va buning evaziga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Xuansyu shibao» gazetasiga tayanib TASS xabar bermoqda.
Guanchjou shahar apellyasiya sudi amaldorni noqonuniy qo`lga kiritilgan mablag`larni shu tariqa qonuniylashtirishga uringanlikda aybdor deb topdi. «Jinoyatchi»ning o`zi esa u shunchaki o`g`li uchun «ilohiy kuchlardan ko`mak olmoqchi bo`lgani»ni ta`kidladi.
Sobiq amaldor hozirda poraxo`rlik va noqonuniy qurol saqlaganlik uchun qamoq jazosini o`tamoqda.





