Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi 13-14 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida mezbon - BAA terma jamoasiga qarshi ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi.
Terma jamoa 1 noyabrdan Toshkent shahrida 10 kunlik yig`inini o`tkazishga kirishdi. Bahodir Ahmedov shogirdari 12 noyabr kuni yig`inini davom ettirish uchun BAAning Dubay shahriga jo`nab ketadi.
Shu yilning 1-3 dekabr kunlari esa Toshkentda O`zbekiston, Ozarbayjon, Belarus va Qozog`iston futzal termalari ishtirokida xalqaro turnir bo`lib o`tadi. Toshkent va Dubaydagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari Bahodir Ahmedov shogirdlari uchun aynan dekabr oyidagi xalqaro turnirga tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi.
Manba: the-uff.uz





