AsosiyDunyo

Sayyohlar joylashgan havo shari Hindiston qamoqxonasi hududiga qo`ndi

Rajastxan shtatidagi kuchli shamol oqibatida sayyoh ayollar joylashgan havo shari Ajmeradagi qamoqxona hududiga qo`ndi, deya xabar beradi Gazeta.ru nashri.

Voqea havo shari boshqaruvchisining kuchli shamol tufayli muvozanatni yo`qotib qo`yishi oqibatida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, havo sharida Pushkar Fair ko`rgazmasiga jurnalist sifatida kelgan sayyohlar bo`lgan. Qamoqxonaning futbol maydonida ularning barchasi qo`lga olingan va so`roq qilingan. Ma`lumotlarga ko`ra, ular ko`rgazmani balandlikdan suratga olmoqchi bo`lishgan.

Ayni damda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar