AsosiyShou-biznes

Sharof Muqimovdan yangi videoklip ''Yolvorib boraman''

Ko`psonli muhislarga ega Sharof Muqimov bugun o`zining yangi ijod mahsuli hisoblanmish videoklipini e`tiboringizga havola etmoqda, deb yozmoqda popcorn.uz.

Sharof Muqimovning ''Yolvorib boraman'' nomli taronasi yaratilganiga ancha bo`lgan va unga klip tasvirga olish rejada bo`lmagan ekan.

Ammo doim muhlislariga duch kelsa shu qo`shiqqa klip yaratishni so`rashgan, hatto qo`shni davlatlarda gostrol safarlarida bo`lganida u erdagi muhlislari ham shu fikrni bildirishgan ekan. Haqiqiy muhlislari mehridan to`lqinlangan Sharof sevgidan ozor chekkan qalblar uchun yaratilgan mahzun ''Yolvorib boraman'' qo`shig`i uchun va nihoyat klip suratga oldirdi. Klipda Asqar Ismoilov rejissyorlik qilgan bosh rollarni esa Jamila G`ofurova va Botir Egamberdievlar ijro etishgan.

''Yolvorib boraman'' taronasi matn va musiqa muallifi honandaning o`zi, aranjirovkani esa Rustam Tulashev bajargan.

Aytgancha, Sharof Muqimov tez orada Amerika Qo`shma Shtatlariga gostrol safari bilan uchib ketadi, 15-16 noyabr kunlari u erda bir necha honandalarimiz bilan birga Sharof Muqimov ham o`zining qo`shiqlari bilan katta konsert dasturida ishtirok etishadi.

    Boshqa yangiliklar