Argentinaning lok-bo`yoq kombinatida kuchli portlash sodir bo`ldi. Natijada 46 kishi jabr ko`rdi, ikki kishining aholi jiddiy, deya xabar bermoqda Los Andes.
Voqea 6 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 20:40da Argentinaning kattalik bo`yicha uchinchi o`rinda turuvchi shahri – Kordoveda ro`y bergan. Ushbu shahar poytaxt Buenos- Ayresdan 700 kilometr uzoqlikda joylashgan, deb yozmoqda NTN24.
Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, zarba kuchi qo`shni hududlarga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan va jiddiy oqibatlarga olib kelgan. Ba`zi uylarning oynalari singan, ba`zilari esa jiddiy zarar ko`rgan, deya xabar terqatdi InfoBAE.com.
Falokat joyiga o`t o`chiruvchilar etib kelgan, tez yordam xizmatchilari navbatchilik qilmoqda. Sakkiz nafar jabr ko`rgan odamlar kasalxonaga etkazilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea sabablarini aniqlamoqda.





