AsosiyDunyo

Bishkekda o`ldirilib, zo`rlab ketilgan 89 yoshli ayolning qotili qo`lga olindi

Qirg`iziston poytaxtida o`ldirilib, zo`rlab ketilgan 89 yoshli ayolning qotili aniqlandi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayanib, «Bishkek oqshomi» xabar bermoqda.

Jinoiy ish ochilgach, muqaddam sudlangan Suzak tumani fuqarosi ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib, qo`lga olindi. Bishkekda u aniq yashash joyiga ega bo`lmasdan, mayda o`g`riliklar orqali kun kechirgan.

Ayni paytda u jinoyat sodir etganini tasdiqlovchi ko`rsatmalar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, 30 oktyabr kuni kechki paytda Bishkekdagi xususiy uylardan biriga 30—35 yoshlardagi erkak bostirib kirgan. Uy egasi — keksa ayol yolg`iz bo`lgan va unga qarshilik ko`rsata olmagan.

    Boshqa yangiliklar