AsosiyDunyo

Albaniya parlamenti deputati o`g`li besh kishining umriga zomin bo`ldi

Albaniya poytaxtida AQSh elchixonasidan yuz metr uzoqlikda joylashgan Ante Grand tungi klubida janjal chiqargan mamlakat parlamenti deputatining o`g`li 25 yoshli Konstantin Juvani qo`lga olindi.  Bu haqda Rilindja Demokratike xabar qilmoqda.

O`q uzish natijasida to`rt kishi halok bo`lgan. Ularning uch nafari mahalliy aholi bo`lib, biri 60 yoshli italiyalik odam edi. Yana ikki kishi kasalxonaga etkazildi.

Bundan avval ham Konstantin Juvani va huquqni muhofaza qilish organlari o`rtasida bir necha marta muammo kelib chiqqan. 2014 yil 25 aprel kuni kichkina Juvani barga kirib kelgan va tashrif buyurganlarga qarata to`pponcha o`qtalgan va keyin o`q uzgan.

Deputatning o`g`liga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi kerak edi, biroq bir oydan keyin uning barcha ayblari olib tashlandi.

    Boshqa yangiliklar