AsosiySport

Ronaldu — dunyoning eng ko`p daromad oladigan futbolchisi, Messi ikkinchi o`rinda

AQShning iqtisodiy ko`rsatkichlarga ixtisoslashgan mashhur "Forbes" jurnali dunyoning eng ko`p daromad ko`ruvchi futbolchilari nomini e`lon qildi.

Unga ko`ra "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu yiliga 80 million dollar daromad bilan birinchi o`rinni egallagan.

Bu borada ikkinchi o`rin esa "Barselona" futbolchisi Lionel Messiga nasib etdi.

To`liq ro`yxat bilan quyida tanishib olishingiz mumkin:

1. Krishtianu Ronaldu («Real»– 80 (52 mln. — maosh, 28 — reklamadan) million dollar
2. Lionel Messi («Barselona»– 64,7 (41,7 + 23) mln.
3. Zlatan Ibrohimovich («PSJ»– 40,4 (36,4 + 4) mln.
4. Garet Beyl («Real»– 36,4 (25,4 + 11) mln.
5. Radamel Falkao («MYu»– 35,4 (32,4 + 3) mln.
6. Neymar («Barselona»– 33,6 (17,6 + 16) mln.
7. Ueyn Runi («MYu»– 23,4 (18,4 + 5) mln.
8. Serxio Aguero («Manchester Siti»– 23,3 (18,3 + 5) mln.
9. Yahyo Ture («Manchester Siti»– 21,7 (19,2 + 2,5) mln.
10. Fernando Torres («Milan» / «Chelsi»– 21,3 (17,8 + 3,5) mln.

Manba: www.sport-express.ru   

    Boshqa yangiliklar