AsosiyShou-biznes

Oliver Stoun Putin haqida film olmoqchi

Gollivud rejisseri Oliver Stoun RIA Novostiga bergan intervyusida Putin haqida film olishni istayotganligini ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, film badiiy emas, balki hujjatli bo`ladi.

“Men undan amerikaliklar eshitishni xohlamaydigan intervyu olishni istar edim. Men u haqida hujjatli film suratga olmoqchiman”, deydi Stoun.

Kremlda bo`lib o`tgan intervyuda rejisser bu haqida prezidentga ma`lum qilganlinini ta`kidladi. Ular 4 noyabr kuni “Millatlar teatri”da yozuvchi, rejisser va akter Vasiliy Shukshin xotirasiga bag`ishlangan kechada uchrashishgan. “Stounning film olish haqida istagi bizga ma`lum”, - deydi prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Rejisser Oliver Stoun Moskvaga AQSh maxsus xizmat vakili Edvar Snouden haqidangi yangi film ssenariysini tasdiqlab olish uchun kelgan edi. Filmning nomi “Snouden fayllari” (The Snowden Files). Suratga olish ishlari 2015 yilning boshida boshlanishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar